Samarqandda 181 qirot “yoqut”ni $250 000 ga sotayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda 181 qirot “yoqut” toshlarini 250 ming AQSH dollariga sotayotan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bojxonachilar va DXX xodimlarining Samarqand shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs  181 qirot “yoqut” toshlarini 250 ming AQSH dollariga sotayotan vaqtida to‘xtatib qolingan. Ekspertizadan so‘ng, bu toshlar sintetik tosh ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postida esa 118 mln so‘mlik qimmatbaho va sun’iy toshlarni yashirincha olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolingan.

Farg‘ona aeroportida 1 kg 120 gr og‘irlikdagi 239 dona tilla taqinchoqlarni noqonuniy ravishda olib kirish uchun samolyotdagi yo‘lovchilarga tarqatgan shaxsning qilmishi fosh bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

505

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing