Samarqandda 17 yashar o‘smir 5,5 yilga qamaldi
Jamiyat
−
06 fevral 2020
8297Samarqand viloyati Urgut tuman sudi 17 yoshli avtomobil o‘g‘risini besh yilu olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi xabar qildi.
Yigit 2019 yil 24 oktyabrda avtomobil o‘g‘irlashda gumon qilinib, hibsga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "a" bandi ("Xavfli retsidivist tomonidan transport vositasini o‘g‘irlash") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta’kidlanishicha, ayblanuvchi mashina kalitlari avtoulov ichida unutilgan Nexia-3 rusumli avtomashinani o‘g‘irlab ketgan. Avval ham yigit avtomobil o‘g‘irlashda ayblangan edi.
LiveBarchasi