Samarqandda 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatiga qarshilik qilgan 16 nafar sportchi qamoqqa olindi. Ulardan 72 kilogramm protein va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari hujjatlashtirildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy hafta shahar hududida joylashgan 14 ta yirik sport majmuasida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Unda 7 ta sport majmuasida yoshlarni sport bilan shug‘illantirayotgan murabbiylarning sertifikati bo‘lmagani, shug‘ullanuvchilarning ro‘yxatga olish tizimi tashkil etilmagani, murabbiy va sportchilarning sog‘ligi haqida ma’lumotlar yo‘qligi, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi, birinchi yordam va tibbiyot burchagi ham mavjud emasligi aniqlangan.

Shuningdek, 10 ta sport majmuasida ruxsatnomasiz sotib kelinayotgan 72 kilogramm protein va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari hujjatlashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 16 nafar sportchi IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik qilgani, shuningdek, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani uchun qonunda belgilangan tartibda qamoqqa olingan.

“Sport zallari va klublarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati to‘xtatildi hamda klub egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing