Samarqandda 121 mln so‘mlik armaturalarning pulini bermay qochib yurganlar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 121 mln 600 ming so‘mlik 19 tonna temir armaturalarning pulini bermay qochib yurganlar qo‘lga olindi. Bu haqda  Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati hokimiga 43 yoshli fuqaro Z.M. ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning mart oylarida Samarqand tumani “O‘rtashiq” mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli MCHJ omboridan tanishi 23 yoshli I.Sh. va X.M.lar 10 kun davomida pullarini berish sharti bilan 1 tonnasi 6 mln 400 ming so‘mdan bo‘lgan jami 121 mln 600 ming so‘mlik 19 tonna temir armaturalarini olib ketib, shu kunga qadar turli bahonalarni vaj qilib pullarini bermasdan kelayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari, taraflarning vajlari o‘rganilib huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing