Samarqandda 1,8 mlrd so‘m subsidiya o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi
3-sahifa
−
17 Sentabr 10172 2 daqiqa
Samarqand viloyatida tadbirkorlarga ajratilgan 1,8 mlrd so‘m subsidiya o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan subsidiya mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi bo‘yicha Samarqand viloyatida o‘rganishlar o‘tkazilgan. O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2023-2024 yillar davomida tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan jami 7,9 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘laridan 1,8 mlrd so‘mlik qismi o‘zlashtirib yuborilgan.
Jumladan, Ishtixon tumanida 423,7 mln so‘mlik, Kattaqo‘rg‘on shahrida 547,3 mln so‘mlik, Narpay tumanida 263,7 mln so‘mlik, Nurobod tumanida 300,1 mln so‘mlik, Oqdaryo tumanida 106,2 mln so‘mlik, Payariq tumanida 102,8 mln so‘mlik, Urgut tumanida 85,5 mln so‘mlik subsidiya mablag‘lari uchun kasanachilarga asbob uskunalar yetkazib berilmagan.
Shuningdek, ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi subsidiya mablag‘lari ajratilgan ro‘yxatdagi kasanachilarning ish bilan bandligini ta’minlangani hamda ish haqlarining hisoblanishi soliq organlariga topshirilgan hisobotlari asosida o‘rganilganda qaror talablari buzilishi, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan holatlar aniqlangan.
Qaror talabi bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda hokim yordamchilari tomonidan subsidiya mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring tadbirlari orqali nazorat qilib borish ishlarida ham mas’uliyatsizlik va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan.
To‘plangan materiallar asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr