Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini tarqatgan 8 kishi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining 8 nafar tarafdori faoliyatiga chek qo‘yildi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.O. boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda virtual xalqa tuzgani aniqlangan. Ular “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelgan.

Shuningdek, mazkur guruh yetakchisi A.O. internet tarmog‘i orqali “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnomalaridan biri 1980 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi M.X. (laqabi Mahmud Abdulmo‘min) bilan aloqa bog‘lab, uning ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib borgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida, “virtual xalqa” a’zolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan va xalqa a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi, 244-1-moddasi 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing