Samarqandda harakatlanib ketayotgan “ZIL” ko‘prikdan quladi
3-sahifa
−
28 iyul 2022 18325 1 daqiqa
Samarqandda “ZIL” rusumli yuk avtomobili harakatlanib ketayotganda ko‘prikdan tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmait xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 28 iyul kuni soat 11:40 lar atrofida Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorraxada sodir bo‘lgan.
Harakatlanib kelayotgan “ZIL” haydovchisi M.Ch. rul boshqaruvini yo‘qotib, chorrahadagi ko‘prikdan pastga tushib ketgan.
Haydovchi tibbiyot birlashmasiga olib borilib, tez yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
IIBga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025