Samarqand viloyatining ma’muriy markazi o‘zgaradi. Shaharda 5 ta tuman tashkil etiladi
Jamiyat
−
16 aprel 2021 6709 1 daqiqa
Samarqand viloyati markazi Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chiriladi. Bu haqda Prezident raisligida Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan faollar yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Gap shundaki, davlat rahbari Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun Samarqand, Pastdarg‘om, Tayloq va Oqdaryo tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydonini qo‘shib berish va viloyat ma’muriy markazini Gulobodga ko‘chirish bo‘yicha Samarqand faollarining takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Boshqaruv tizimini yaxshilash uchun Samarqand shahrida keyinchalik bosqichma-bosqich 5 ta – So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand va Qorasuv yangi tumanlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Prezident joriy yil yakuniga qadar shahar bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Qurilish vaziri Botir Zokirovga topshiriq bergan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28