Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hotamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jahongir Hotamov 2020 yil sentyabrdan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Jahongir Hotamov 2016—2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017—2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2018 yil fevralidan 2020 yil sentyabrga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing