Samarqand va Namangan shaharlari chegaralari o‘zgartiriladi

Jamiyat

image

Samarqand va Namangan shaharlari “millionlik shaharlar”ga aylantiriladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Xususan, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhlari tashkil etiladi. Ikki shahar chegaralarini o‘zgartirish masalasi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, chegaralarni o‘zgartirish bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bunda:

12 ta shahar, 117 ta shaharcha va 1041 ta qishloq aholi punktlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish;

2 ta katta, 1 ta o‘rta va 9 ta shahar joylashuvlarini tahlil qilish va iqtisodiy jihatdan bunday holat qanchalik iqtisodiy taraqqiyotga muvofiqligini o‘rganish;

Qarshi shahri atrofidagi aholisi 5 500 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi punktlari (Qozikent, Uzunnavo, To‘qmang‘it) urbanizatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish va ularni Qarshi shahriga qo‘shish muvofiqligini o‘rganish;

Kitob shahri atrofidagi aholisi 4200 dan ziyod bo‘lgan qishloq aholi punktlarida (Minglar, Gulgunpo‘sht, Jarqo‘rg‘on) urbanizatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish va ularga shahar maqomini berish bo‘yicha ishlar olib borish;

aglomeratsiya va ichki migratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda aholisi 1,43 mlndan ziyod bo‘lgan shahar aholi punktlarining ixchamligini va qulay joylashuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing