Samarqand va Buxorodagi uch tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat 8035
image

Kecha, 28 mart kuni Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Nurobod, Buxoro viloyatining Buxoro tumanida Ichki ishlar bo‘limi boshliqlari o‘zgardi. 

Podpolkovnik Abduvali Saidmurodovich Otamurodov Bulung‘ur tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Abduvali Otamurodov Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Bunyod Arziqulovich Jo‘raqulov boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Podpolkovnik Zokir Latipovich Suvonqulov Nurobod tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Zokir Suvonqulov Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Aslam Nurullayevich Ochilov boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan podpolkovnik Erkin O‘ktamovich Atoyev Buxoro viloyati Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Erkin O‘.Atoyev Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Maxsus qabulxona boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 267
Reyting: 3.1
t
×