Samarqand sudi Surxondaryoning sobiq hokimini oqladi

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi kassatsiya instansiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining N.Choriyev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardayevga oid qismini bekor qilish yuzasidan Surxondaryo viloyat prokurori tomonidan kassatsiya tartibidagi protesti hamda V.Azizovning kassatsiya tartibida shikoyatiga asosan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.  

Kassatsiya instansiyasi ajrimiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining  N.Choriyev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardayevga oid qismi bekor qilindi.

Ushbu fuqarolar reabilitatsiya qilinishi (oqlanishi) munosabati bilan ularga yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyonni qoplash oqibatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Kassatsiya tartibida keltirilgan protest va shikoyat qanoatlantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sudi Surxondaryo hokimini oqladi

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar