Samarqand shahriga kirish vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

10 va 11 noyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shahar Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti munosabati bilan yopiladi.

IIBga ko‘ra, viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilgan. Shuningdek, maxsus flayerlar ishlab chiqilgan.

Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishi uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro aeroporti ham Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti munosabati bilan yopiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing