Samarqand paxta “plan”ini bajardi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
7221Samarqandliklar respublikaga paxta topshirish rejasini to‘liq bajardi. Bu haqida Samarqand viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.
Samarqandlik paxtakorlar 2020 yilda 216 ming 178 tonna hosil terib oldi. Bu belgilangan rejaning 100,3 foizini tashkil qiladi.
“Viloyatimiz fermer xo‘jaliklari va paxtachilik klasterlari shartnomaviy majburiyatni o‘z vaqtida bajardi. Bu qishloq xo‘jaligi islohotlari natijasidir. Manfaat odamlarni dalaga olib chiqadi va mo‘l hosil yaratadi. Bu paxtani yetishtirish va yig‘ib olishda ham muhim omil bo‘ldi. Buning uchun paxta terimiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiraman”, deydi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.
Hozirga qadar viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Nurobod, Narpay, Ishtixon tumanlari paxta rejasini bajargan. Pastdarg‘om, Oqdaryo, Payariq, Jomboy tumanlarida esa paxta topshirish rejasi hali yakunlanmagan.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi