Samarqand xalqaro aeroportida parvozlar vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabrigacha Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan parvozlar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, barcha qatnovlar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari – Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi. Bu yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqanddagi yangi aerodrom majmuasida bugunga kelib uzunligi 3 105 metr, kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlangan. Bir oy ichida burilish yo‘llarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan bog‘lash bo‘yicha ishlar olib borilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing