Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2022
6652Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, 2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
Joriy yilning 1 oktyabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to‘g‘risida chet el aviatsiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor etilgan.
LiveBarchasi