Samarqand IIB “Murodqul”ning zo‘ravonligi bo‘yicha izoh berdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Rustam mahallasida bir shaxs birovning uyiga bosqinchilik qilayotganligi to‘g‘risida video tarqaldi. Ushbu voqea yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi malumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan 2020 yilda qonuniy ajrashgan va sudning majburiy tartibda kiritish to‘g‘risidagi karoriga asosan, MIB tomonidan turmush o‘rtog‘ining uyiga majburiy tartibda kiritib qo‘yilgan. 

Shundan so‘ng, joriy yilning 16 iyun kuni F.M. va uning qaynonasi N.M. o‘rtasida janjal bo‘lib o‘tgan. Buning oqibatida qaynona va kelin bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.

Ushbu voqeadan xabar topgan F.M. (kelin)ning qarindoshlari N.M. (qaynona)ninguyiga kelgan, biroq darvoza yopiq bo‘lgani sababli darvozani urib, ichkariga kirishga uringan.

Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

835

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing