Samarqanddagi kanallar va kollektorlarni obodonlashtirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahri hududidan o‘tadigan kanal va kollektor tarmoqlarining holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Qarorga muvofiq Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tarkibida Samarqand shahridagi kanallar va kollektorlarni saqlash, ulardan foydalanish va ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan bo‘lim tashkil etiladi. 

Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

•    shahar hududida joylashgan kanallar va kollektorlar hamda suv xo‘jaligi inshootlarining zarur darajadagi sanitariya holatini va texnik jihatdan ishonchliligini ta’minlash;

•    kanallar va kollektorlarni tozalash ishlarini kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq obodonlashtirishni amalga oshirish;

•    kanallarning shahardagi uchastkalarini ularning quyilish joylarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish;

•    ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish.

Qaror bilan quyidagilar:

Samarqand shahridagi kanallar va kollektorlarni saqlash, ulardan foydalanish va ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan bo‘limi tuzilmasi tasdiqlanadi;

Samarqand shahridagi kanallar va kollektorlar tarmoqlarini Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Samarqand shahrar Obodonlashtirish boshqarmasi hisobiga Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasidan beriladigan asosiy vositalar hamda 2020-2021 yilda xarid qilinadigan avtotransport vositalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Samarqand viloyatidagi suv xo‘jaligi tashkilotlaridan 44 ta shtat birliklarini, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishlab chiqarish xodimlarining 4 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga ushbu qarorga muvofiq tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan bo‘limning shtatlar jadvali shakllantiriladi.

Samarqand viloyat hokimligi bir oy muddatda, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tarkibida tashkil etilayotgan kanallar va kollektorlarni saqlash, ulardan foydalanish va ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan bo‘limning nizomini ishlab chiqib tasdiqlaydi.

Ixtisoslashtirilgan bo‘lim xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009 yil 1 apreldagi 91-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:

•    bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq asosiy vositalarni Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi balansidan Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga o‘tkazilishini ta’minlaydi;

•    suv resurslarini havzaviy boshqarish tamoyilidan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlash, berilayotgan  kanallar  va inshootlar bo‘yicha suv olish va suv berish to‘g‘risidagi hisob va hisobotlarni yuritishni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishdan bo‘shatayotgan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil uchun belgilangan tegishli shtat jadvallari hamda xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi.

Samarqand viloyat hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yildan boshlab, Samarqand viloyati mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash hamda texnika va mexanizmlar xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

kanallar

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar