Samarqandda 18 kishi bilan harakatlangan Damas haydovchisi jazolandi (video)

Jamiyat

−

image

Samarqandda haydovchi Damas rusumli avtomobilda 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruvda avtomobil salonida 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgani aniqlangan. Haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘lovchilardan esa o‘z salomatliklariga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing