Samarqandda 18 kishi bilan harakatlangan Damas haydovchisi jazolandi (video)
Jamiyat
−
05 avgust 2022
10530Samarqandda haydovchi Damas rusumli avtomobilda 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilgan.
Tekshiruvda avtomobil salonida 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgani aniqlangan. Haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘lovchilardan esa o‘z salomatliklariga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023