“Salomga yarasha alik”. Rossiya Britaniya parlamentining 287 nafar a’zosiga sanksiya kiritdi

Olam

image

Rossiya Buyuk Britaniyaning Davlat dumasi deputatlariga qarshi sanksiyalariga javoban Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasining 287 nafar a’zosiga shaxsiy cheklovlar kiritdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.

“Buyuk Britaniya hukumatining joriy yilning 11 martda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining 386 nafar deputatini sanksiya ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaroriga javoban, o‘zaro kelishuv asosida 287 nafar britaniyalik deputatga nisbatan shaxsiy cheklovlar joriy etilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasiga kirishiga ruxsat berilmagan shaxslar Londonda Rossiyaga qarshi sanksiya vositalarini o‘rnatishda eng faol ishtirok etganlar va Buyuk Britaniyada rusofobik isteriyani uyg‘otishga hissa qo‘shganlardir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 mart kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Davlat dumasining 386 nafar deputatiga Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani uchun sanksiyalar kiritdi va bu Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini boshlash uchun bahona ekanligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing