Saloxo‘jayev: “O‘zbekiston rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishni yoshlarning o‘zi belgilashi lozim”

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, ERGO Research and Advisory tadqiqoti direktori, “Dunyoning Top 100 ta iqtisodchi yoshlari” qatoridan joy olgan iqtisodchi Rauf Saloxo‘jayev yoshlar, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar haqida QALAMPIR.UZ muxbiriga o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Nafaqat yoshlar va davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish kerak. Balki bunday hamkorlik to‘rt tomonlama  bo‘lishi kerak. Bular yoshlar, akademiyalar, oliygohlar va hususiy sektor bilan amalga oshirilishi lozim. Hukumat ayni vaqtda O‘zbekistonni innovatsion dunyoga olib kiruvchi, yuqori daromad oluvchi ko‘plab ijobiy konsepsiyalar qabul qilmoqda. Bu maqsad aynan yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Intellektual, kreativ, ambitsiyalarga ega va o‘z iqtidorlaridan samarali foydalana oladigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladi. 

Agar bizning va boshqa mamlakatlarning yoshlarini taqqoslaydigan bo‘lsak, faollik bo‘yicha bir-birdan farq qilmaydi. Albatta, ba’zi masalalarda yoshlarni yanada birlashtirish uchun birgalikda harakatlar qilish lozim. Birinchi navbatda, ularning rivojlanish yo‘lidagi O‘zbekistondagi o‘rnini bilib olish kerak. Prezident bir necha bor iqtisodiy o‘sishlar yoshlar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’kidladi. Bunga qanday yo‘l bilan hissasini qo‘shishni yoshlarning o‘zi belgilashi lozim. Masalan, sport yoki fan bilan shug‘ullanadimi, biznes ochadimi, startaplar asoschisi bo‘lish bilandir”, deya ta’kidladi Saloxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

Rauf Saloxo'jaev yoshlar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing