Saloh “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolaydimi?

Sport

image

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh klub bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Biroq uning ketishini xohlashsa, barchasi o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Salohning so‘zlariga tayanib, “FourFourTwo” nashri xabar berdi.

“Yangi shartnoma imzolaymanmi? Ha, men shunday, deb o‘ylayman. Ammo ketishimni xohlasalar, hammasi o‘zgaradi! Bilmayman, “Liverpul” bilan shartnomamda bir yilim qoldi. O‘ylaymanki, muxlislar nima istayotganimni bilishadi, lekin shartnoma imzolashim faqat pul bilan bog‘liq emas. Men o‘zimni har qanday holatda xotirjam tutaman. Hech narsa meni tashvishlanishga majbur qilmaydi. Mavsum hali tugamadi, shuning uchun uni qo‘limizdan kelganicha yaxshi yakunlaylik, bu eng muhimi. Oldinda bizni nima kutayotgani noma’lum”, degan Muhammad Saloh

Ma’lumot o‘rnida, Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing