Bosh vazir Aripovga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
22 fevral 2019
8296O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Abrol Jabarovich Vahobov Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
U bugungacha Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan olingan.
LiveBarchasi