Sal kam 14 yillik Chayka Bosh prokurorlik lavozimini tark etdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Yuriy Chayka o‘z lavozimini tark etdi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Chayka boshqa lavozimga o‘tkaziladi.

Prezident Putin mazkur lavozimga taklif sifatida Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Krasnovn nomzodini bergan.

“Bu prezidentning qarori. Prezident o‘z nomzodini ko‘rsatdi – bu uning davlat rahbari sifatidagi huquqi va u bu huquqidan foydalandi.

Igor Krasnov masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, siz u haqida Tergov qo‘mitasi manbalari orqali tanishishingiz mumkin”, deydi Prezident matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Chayka Bosh prokurorlik lavozimini 2006 yil iyun oyidan beri egallab kelayotgandi. Uning kelgusida qaysi lavozimni egallashi hozircha noma’lum qolmoqda. Krasnov nomzodi esa Parlament tomonidan joriy yilning 22 yanvar kuni ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing