“Saxovat” uylarida yashovchilarga ham qarilik nafaqasi beriladi

Jamiyat 2568
image

Endi avval ishlamagan, “Saxovat” uylaridagi yashovchi 1 mingga yaqin yoshi ulug‘ kishilarga ham shaxsiy xarajatlari uchun qarilik nafaqasining 20 foizi to‘lab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 1 oktyabrga qadar 20 dona ekzoskelet, 880 ta nogironlik aravachasi, 4 mingta ovozli termometr va tonometr, 6 mingta “aqlli” soat xarid qilinib, hududlarga yetkaziladi. Bunga 31 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarning ma’naviy kamol topishi uchun 108 ta maktab-internatga har yili 20 mingdan ortiq maxsus adabiyotlar xarid qilinadi.

Hozirda nogironlik pensiyasi fuqarolarning avvalgi ishlagan staji va oyligidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu 75 mingdan ortiq ishlayotgan nogironligi bor fuqarolarning daromadiga bevosita ta’sir qilmoqda. Shu bois ularning pensiyasi har ikki yilda qayta hisoblanib, ish staji va oyligiga qarab oshirib boriladi. Bunga 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 32
Reyting: 3
t
×