Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasiga vitse-prezident bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Polatov 1–2 may kunlari o‘tkazilgan Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari yig‘ilishida katta farqdagi ovoz bilan Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan. 

Saken Polatov 2019 yilning aprel oyida Bangkokda o‘tkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya Qo‘mita a’zoligiga saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing