Saka Turkiyada zilziladan jabrlangan 26 ta oilaga uy-joy uchun pul to‘lab berdi

Sport

image

Angliyalik 21 yoshli futbolchi Bukayo Saka xayriya loyihasida ishtirok etib, Turkiyada zilziladan jabrlangan 26 ta oilaga uy-joy uchun pul to‘lab berdi. Bu haqda “Sports” xabar berdi.

Unga ko‘ra, Turkiyaning sharqiy qismida Adiyaman, Qahramonmarash va Malatyadagi 26 ta oila yotoq-joy, kichik zal, oshxona va hammomlarni o‘z ichiga olgan konteynerlarga joylashtiriladi.

“Tomi va eshiklari butun uyi bor har bir kishi o‘zini omadli deb hisoblashi kerak. Bu falokat odamlardan bor narsalarini tortib oldi va bu hech qanaqasiga ularning aybi emas. Ularga yordam bera olganimdan xursandman”,  deydi Saka.

Bu kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan futbolchining birinchi katta hayriyasi emas. U 2022 yilda Nigeriyadan kelgan inguinal churra va miya shishi bilan og‘rigan 120 bolalar operatsiyasi uchun pul to‘lagan.

Hozirga qadar ko‘plab sportchilar fevral oyida Turkiya va Suriyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda o‘z yordamini berib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur fojia oqibatida Turkiyaning 11 viloyatida 50,5 ming kishi halok bo‘ldi, yana 107,204 kishi jabrlandi. Zilzila 15 milliondan ortiq odam va 4 million binoga zarar yetkazdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing