Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi navbatdagi jangini Nurmuhamedovga qarshi o‘tkazadi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Saidyoqub Qahramonov UFC promoushendagi navbatdagi jangini joriy yilning 17 dekabr kuni Said Nurmuhamedovga  qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Saidyoqub Qahramonovning o‘zi ma’lum qilgan.

Said Nurmuhamedovni Habib Nurmuhamedovga hech narsa bog‘lab turmaydi. Shunchaki ikkisi bir-xil familiyaga ega, xolos. Habibga qarindosh bo‘lmasa-da, Saidning UFC'dagi natijalari yomon emas. Ya’ni, uning hisobida 5 ta jangda 4 ta g‘alaba mavjud.

Samarqandlik sportchi aralash janglar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli tashkiloti bo‘lgan UFC'da oktagonga ko‘tarilgan 4 nafar o‘zbekistonlikdan biri hisoblanadi. Qahramonovdan tashqari UFC'da Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shakirova ham jang o‘tkazgan. Adashev va Shakirova hozirda promoushenda jang o‘tkazmayapti. Oddiy qilib aytganda, UFC ular bilan shartnomani uzaytirmagan. Murodov esa navbatdagi jangini shu yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Qahramonov hozirgacha UFC'da ikkita jang o‘tkazib, ikkisida ham g‘alaba qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing