Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti kotibiyati rahbari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
10:29 437 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Respublikasi Prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uning bildirishicha, O‘zbekiston va Turkiyani o‘zaro bog‘lab turgan umumiy tarixi bor, tili, madaniyati, an’analari yaqin. Ko‘p qirrali munosabatlar aynan mana shunday mustahkam poydevor asosida izchil rivojlanib bormoqda.


Muloqot davomida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadamlarni muhokama qilingan va har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Istanbul shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga borgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qizi Sumaya Erdo‘g‘an Bayraktar hamda uning turmush o‘rtog‘i Selchuk Bayraktar hamrohligida Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilg‘or loyihalari bilan tanishdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘zi bilan ham uchrashdi.
Live
Barchasi