Saida Mirziyoyeva Mishel Bacheletni O‘zbekistonga chaqirdi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bacheletni O‘zbekistonga taklif qildi. Nodavlat fond raisi o‘rinbosari Mirziyoyevaga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘rsatishga va gapirib berishga arzigulik taraflar ko‘p. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar qoldirdi. 

Ayni vaqtda Fond Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib turgan Saida Mirziyoyeva bugun, 25 aprel BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashdi.

“Fondimiz mamlakatimizda ayollarni kamsitish holatlarini bartaraf etishga imkon qadar hissa qo‘shmoqda. Gender tengligi himoyasi esa milliy siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Umid qilamanki, ko‘zlagan ishlarimizni uddalaymiz. Biz oldinga yuryapmiz, hamkorlik ko‘priklarini o‘rnatyapmiz, sa’y-harakatlarimizni jahon miqyosida namoyish etyapmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Bachelet xonimni katta mamnuniyat bilan O‘zbekistonga taklif qilgan. 

“Ko‘rsatishga, gapirib berishga arziydigan taraflarimiz ko‘p. Eng muhimi, maqsadga erishishga tayyorligimizni namoyish eta olamiz”, deydi Prezidentning to‘ng‘ich qizi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing