Saida Mirziyoyeva: “Qaysi yo‘nalishda ishlashimdan qati nazar davlat yo‘lida xizmat qilishga tayyorman”

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tgani, unda AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komiljon Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva rahbarlikdan ketgani haqida xabar bergan edik. 

Saida Mirziyoyeva AOKAdagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Agentlikdagi faoliyatim mening hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan har bir masala va vazifaga astoydil harakat qilgan holda yondashdik. Kelajakda ham qaysi yo‘nalishda ishlashimdan qati nazar, faqat davlat va yurt farovonligi yo‘lida qo‘limdan kelganicha xizmat qilishga tayyorman”.

Ma’lumot o‘rnida, Saida Mirziyoyeva 2019 yilning 12 aprel kuni AOKA prezidentining o‘rinbosari etib tayinlangandi. U agentlikda O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas’ul edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing