Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifasini ochdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 

O‘tgan hafta oxirida ishga kirishgan Saida Mirziyoyeva Instagram ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifasini ochdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi ilk postlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi haqida bo‘ldi. 

Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas’ul bo‘ladi. 

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Agentlik direktori o‘rinbosarlarining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoyoeva

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar