Sadoqatli piyoda askar kabi ko‘rsatmalaringizni kutaman — Qodirov Putinga yuzlandi
Olam
−
23 iyun 2021
14321Bugun, 23 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov mamlakat Prezidenti Vladimir Putin bilan videokonferensiya orqali suhbatlashdi. Qodirov Putinga yuzlanib, Checheniston rahbarini saylash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalarni kutayotgani va davlat rahbarining har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyorligini aytdi.
“Vladimir Vladimirovich, bu yil Chechenistonni yana bir muhim voqea kutmoqda — ko‘p bosqichli saylovlar, jumladan Checheniston Respublikasining rahbarligi uchun. Mintaqa ularga to‘liq tayyor, shuning uchun sizning sodiq piyoda askaringiz sifatida men qo‘shimcha ko‘rsatmalaringizni kutmoqdaman va sizning har qanday buyrug‘ingizni bajarishga tayyorman”, deydi Qodirov.
Prezident Vladimir Putin esa bunga javoban Ramzan Qodirovdan saylovlarda qatnashishni so‘ragan va unga muvaffaqiyat tilagan.
“Ko‘p ishlar qilindi, hali qilinishi kerak bo‘lganlari undan ham ko‘p. Siz barcha mavzudan xabardorsiz, samarali ishlaysiz, vaziyatni ichkaridan bilasiz, shuning uchun saylovda qatnashing. Men o‘ylaymanki o‘z ishingizni davom ettirishingiz kerak. O‘z tomonimdan esa sizga faqat muvaffaqiyat tilashim mumkin”, deydi Putin.
Rossiya rahbari Qodirov davrida mintaqadagi hayot xavfsizroq bo‘lganini ta’kidlagan.
“Sizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokingiz bilan Checheniston Rossiya Federatsiyasining eng xavfsiz sub’ektlaridan biriga aylandi. Bu mutlaqo mukammaldir. Chechen xalqining jasorati va sabr-toqati tufayli biz ko‘pchilikni yengishga muvaffaq bo‘lganimiz. Jumladan, Sovet davridan qolgan biz uchun juda qiyin va o‘ta og‘ir jarayonlarni ham”, deya tushuntirdi u.
Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2007 yildan beri respublikaga rahbarlik qilib keladi. Checheniston rahbarligi uchun so‘nggi saylovlar 2016 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Ramzan Qodirovnning otasi Ahmat Qodirov ham Chechenistonga rahbarlik qilgan (2000-2004). 2004 yilning 9 may kuni Grozniy shahridagi “Dinamo” stadionida “G‘alaba kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda terakt yuz bergan. Sodir bo‘lgan katta portlashda Respublikaning o‘sha paytdagi rahbari Ahmat Qodirov ham halok bo‘lgan.
LiveBarchasi