Sadoqat ramzimi? Kreml To‘qayevning saylovdan keyin Rossiyaga kelishini qanday baholayapti?

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika rahbari etib qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashrifi uchun Rossiyani tanladi, bu ikki davlatning yaqinligidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z intervyusida ma’lum qildi. 

“Bu juda muhim. Bu mamlakatlarimizning yaqinligini, ikki tomonlama munosabatlarning Ostona uchun ham, Moskva uchun ham muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi”, deydji Peskov. 

U Qozog‘iston Rossiya uchun juda muhim ittifoqchi va hamkor ekanligini va Moskva bu yo‘nalishda davom etishini ta’kidladi. 

20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. 2019 yil o‘rtalaridan buyon mamlakatning yuqori lavozimini egallab kelayotgan To‘qayev 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. U 26 noyabr kuni lavozimga kirishdi. To‘qayevning vakolat muddati yetti yil bo‘ladi, shundan so‘ng u endi davlat rahbari lavozimiga saylana olmaydi.

To‘qayev Rossiyaga kecha, 27 noyabr kuni yetib keldi. Bugun Kreml devorlari yonidagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing