Sadir Japarov iste’foga chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sadir Japarov Bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari Suyunbek Kasmambetov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilingach, Sadir Japarov Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqan va amaldagi Hukumat tarqatilgan.

“Xuddi shu hujjat bilan Hukumat amaldagi a’zolariga yangi Hukumat saylangunga qadar o‘z vazifalarini bajarish vazifalari yuklatilgan”, deydi Prezident ma’muriyati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 10 yanvar kuni muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Sadir Japarov g‘alaba qozonganini rasman e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing