Sabzi organizmni yuqumli kasalliklardan muhofaza qiladi

Foydali

image

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari қадимдан ma’lum. O‘rta asrlarda undan yurak, qon-tomir, jigar  kasalliklarini, shuningdek sariq va yo‘talni davolashda keng foydalanilgan.

Bugungi kunda sabzi kamqonlik, me’da-ichak йўллари, yog‘ bosgan organizm, buyrak kasalliklari va boshqa qator illatlarni davolashda muolajaviy ovqatlanish tarkibida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Sabzi karotin moddasiга juda boy bo‘lgan sabzavotdir.Organizmni bu modda zapasi bilan 2 kunga yetarli ta’minlash uchun o‘rtacha kattalikdagi bitta sabzini iste’mol qilish yetarli bo‘ladi. Bundan tashqari bu sabzavot turi V, RR, K, Ye vitaminlari, kalsiy tuzi, kaliy, fosfor, natriy, temir, yod, magniy va boshqa foydali moddalarga boy. Sabzida oqsil moddasi kam, лекин uning tarkibida taxminan 7% uglevod (uning asosiy qismini organizmda yaxshi hazm bo‘luvchi glyukoza tashkil etadi) bor.

Хом sabzini iste’mol qilish soch va tirnoqlarning sinuvchanligida, ko‘rish qobiliyati pasayganda juda foydali. U organizmning kasalliklardan ҳимоялаniш kuchini ko‘paytiradi, yuqumli kasalliklardan muhofaza qiladi. Xuddi shuning uchun ham undan organizm vitamin yetishmasligidan toliqadigan qish kunlari, xalqimiz “ilik узилди” deb ataydigan erta bahor kunlari iste’mol qilib turish tavsiya etiladi. 

Bu sabzavot og‘iz bo‘shlig‘i uchun faol antibakterial vositadir. Stomatit (milk yallig‘lanib, chaqa bo‘lishi)ni davolashda xalq tabobati sabzi sharbatiga bir oz asal qo‘shib chayishni tavsiya qiladi.

Sabzi qabziyatda mislsiz shifobaxsh sabzavot bo‘lib, oshqozon-ichak yo‘llaridagi illatlarda ham foydalidir. Surgi sifatida qirg‘ichda qirilgan sabzini va shuningdek, uning sharbatini (150-200 ml kechqurun uyquga yotish oldidan) iste’mol qilish nihoyatda foydali. Бавосирда sabzi bargini damlab choy sifatida ichish yordam beradi. Uzoq vaqt bitishi qiyin bo‘lgan yaraga sabzi bo‘tqasi bog‘lanadi. Sabzi mineral modda almashinuvini me’yorga keltirishda foyda beradi, uning sharbati katarakta va kon’yuktivit kasalliklarida ko‘z holatini yaxshilaydi.

Шуni ta’kidlash lozimki, qalqonsimon bez kasalliklarida sabzi tarkibidagi karotin organizmda o‘zlashtirilmaydi. Shuningdek ingichka ichakning o‘tkir shamollashi jarayonida sabzi iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made