Saakashvilida 17 ta kasallik aniqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gruziya sobiq Prezidenti Mixail Saakashvilining ukasi Georgiyning aytishicha, shifokorlar hozirda klinikada yotgan siyosatchiga 17 xil tashxis qo‘yishgan.

“U juda zaif. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi ikki-uch kun ichida unga yana uchta tashxis qo‘yilgan, Gruziyada uning ahvoli yaxshilanmayapti. Vaziyatni o‘rganish va imkon qadar tezroq chet el klinikasiga olib borishni tashkil qilish uchun xorijlik mutaxassislar kelishini kutmoqdamiz. Adashmasam, unga 14 ta tashxis qo‘yilgan va oxirgi kunlarda yana uchtasi qo‘shilgan”, deydi u jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq Prezident aslida ovqat yemaydi, klinikaga yotqizilganidan beri u 11 kilogrammga ozgan.

Saakashvili Tbilisidagi klinikalardan birida davolanmoqda. U uzoq vaqt ochlik e’lon qilgani uchun, ahvoli yomonlashgan.

Sobiq Prezident 2021 yil 1 oktyabrda Gruziyada hibsga olingan, unga nisbatan bir qancha jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Siyosatchi bankir Sandro Girgvliani o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanish ishlari bo‘yicha sirtdan sudlangan. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan tashqari, u 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatish, “Imedi” telekompaniyasining vayron qilinishi va davlat byudjetidan mablag‘larni o‘g‘irlash ishlari bo‘yicha ayblanuvchiga aylandi. Bu ishlar hali ham sudlarda ko‘rib chiqilmoqda. Bosh vazir Irakliy Garibashvili Saakashvili uzoq vaqt qamoqda qolishi, u butun muddatini o‘tashini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing