Saadiyat – Murad Buildings'dan yangi biznes-klass

Biznes

image

21 yillik tajribaga ega Murad Buildings kompaniyasi faxr bilan biznes-klassdagi yangi turarjoy majmuasi – Saadiyat loyihasini boshlanganini e’lon qiladi. Bu loyiha estetika, qulaylik va xilvatni qadrlaydiganlar uchun haqiqiy baxt oroliga aylanadi.

Saadiyat – bu shunchaki turarjoy emas, balki zamonaviy arxitektura yechimlari va Murad Buildings'ning yuqori sifat standartlarini mujassam etgan, puxta o‘ylangan makon. Mazkur majmua kompaniyaning asosiy qadriyatlarini – ishonchlilik, estetika va shinam hayot uchun zarur barcha qulayliklarni aks ettiradi.

Saadiyat – bu Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bo‘lib, rivojlangan ijtimoiy va qulay transport infratuzilmasiga ega 708 ta keng va yorug‘ xonadonlardan tashkil topgan turarjoy majmuasi. IND xalqaro arxitektura byurosi va ho.uz hamkorligida ishlab chiqilgan 14 qavatgacha bo‘lgan zamonaviy binolar me’morchiligi sharqona uslubdagi jozibador fasadlar bilan ajralib turadi. Binolarning tashqi qismi klinker g‘isht va alyuminiy-kompozit panellar bilan qoplangan bo‘lib, majmuaning estetikasini urg‘ulaydi va uning chidamliligini ta’minlaydi. Yopiq va qo‘riqlanadigan hudud xotirjamlik va xavfsizlikni ta’minlaydi, obodonlashtirilgan dam olish joylari, besedkalar, workout zonasi, bolalar maydonchalari va o‘yin xonasi esa majmuani oilaviy qulaylik va faol dam olish uchun ideal maskanga aylantiradi.

Yashovchilar uchun mehmon kutish xonalari, shinam choyxona va zamonaviy avtoturargoh ham ko‘zda tutilgan. 3,3 metr balandlikdagi shiftlar va puxta rejalashtirilgan yechimlar xonadonlarga kenglik va yorug‘lik baxsh etadi.

Loyihaning eng asosiy afzalliklaridan biri – kommuniti markazi. Bu turarjoy majmuasi ichida joylashgan noyob makon bo‘lib, aholining muloqot qilishi, sport bilan shug‘ullanishi, turli tadbirlar o‘tkazishi hamda farzandlarini tarbiyachiga ishonib topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan joydir.

Murad Buildings ishonchli qurilish, puxta rejalashtirilgan xonadonlar yechimlari va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni uyg‘unlashtirgan holda, har doim yuqori sifat standartlariga rioya qiladi.

Xonadon egalari shunchaki uy emas, balki kelajakka ishonchga ega bo‘ladilar:

  • Qurilish mobaynida va qurilishi yakunlangan ob’ektlar 10 yil muddatga sug‘urtalangan, bu esa investitsiya xavfsizligini ta’minlaydi.
  • Sotuvdan keyingi sifatli xizmat ko‘rsatish esa qulay yashash va yuqori darajadagi servis kafolatidir.

Saadiyat – o‘z shaxsiy baxt orolingizni kashf qiling!

Batafsil ma’lumot olish uchun:

Telefon: +998 78 1228822

Cayt | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing