“SES” rahbari o‘tirgan o‘rnini yo‘qotmadi

Jamiyat

image

Bugun, 31 yanvar kuni qator davlat organlarida lavozim o‘zgarishlari kuzatilmoqda.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan  bugungacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Bahodir Yusupaliyev  Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida qo‘mitaga aylantirilgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘z lavozimiga  tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Yusupaliyev Bahodir Qahramanovich 1972 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor.

2015-2017 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan.

2017 yilda esa Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

2020 yilning aprelidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Qo‘shimcha o‘rnida, bugun, 31 yanvar kuni Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

“SES” “SES” rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar