Ser Aleks Fergyuson sudga chaqirildi
Sport
−
09 avgust 2022
7054“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaning sobiq futbolchisi Rayan Giggz ma’shuqasi va uning singlisini urgani bo‘yicha ochilgan sud ishiga guvoh sifatida chaqirildi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill va klubning sobiq ijrochi direktori Devid Gill ham guvoh sifatida chaqirilgan.
Gap shundaki, 48 yoshli Giggz o‘zining sobiq sevgilisi Keyt Grevill va uning singlisi Emma Grevillga tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda. Sud Manchester shahridagi “Kroun” sud zalida 10 kun davom etadi. Mazkur sud jarayonlarida 7 ta erkak va 5 ta ayol guvohlik sifatida ishtirok etadi, degan "Independent" nashri.
Ma’lumot uchun, Rayan Giggz 1987 yil 14 yoshligida “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylangan va 24 yil “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan.
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi