Rustamjon Hamidov O‘zbekistonda “Yil imomi” deb tan olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan e’tiborga tushgan Andijon viloyati Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov “Yil imomi” mukofotining 1-o‘rin g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida xabar berildi. 

Kecha, 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2020” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora mas’ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Eng obod masjid” va “Yil imomi” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ko‘p ovoz olgan nomzodlar g‘olib deb topilgan.

“Eng obod masjid” yo‘nalishi:

1-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi;
2-o‘rin. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidi;
3-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidi.

“Yil imomi” yo‘nalishi:

1-o‘rin. Andijon viloyati Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov;
2-o‘rin. Toshkent shahar Olmazor tumani “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov;
3-o‘rin. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome masjidi imom-xatibi Soliyev Muhammadjon.


Maqola muallifi

Teglar

Rustamjon Hamidov

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar