Rustam Azimovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
25 iyun 2019
9157“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Bosh direktoriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Rustam Baxtiyorovich Xalikov “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019 yil 20 iyundagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq “O‘zbekinvest” EIMSK bosh direktorining eksport oldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi 4337-sonli “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq kompaniya tuzilmasida bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.
Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari xizmat vazifasi eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Rustam Xalikov shu paytga qadar “Xalq sug‘urta” sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil iyun oyidan beri “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasining sobiq moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladi.
LiveBarchasi