Qashqadaryoda tadbirkor hokimiyat odamini yuziga benzin sepib, yoqib yubordi
Jamiyat
−
23 iyul 2019
12088Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev tadbirkorning do‘konini buzayotgan vaqtda aynan o‘sha tadbirkor tomonidan yoqib yuborildi.
Hokim o‘rinbosari “Hisor Sarlochin” kompaniyasiga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda, mazkur jamiyatda ishlaydigan fuqaro 1963 yilda tug‘ilgan B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Mansur Tuymayevning yuziga yelim idishda bo‘lgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan.
Hodisa oqibatda tuman hokimi o‘rinbosari tanasining 35—40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan. Fuqaro B.I.ga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi