Ruslar Xarkovdan chekina boshladi

Olam

image

Rus qo‘shinlari Xarkovni kuch bilan tortib ololmadi. Ular shahar chekkasidan chekinib, Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlanmoqda. Bu haqda shahar meri Igor Terexov BBC bilan suhbatda ma’lum qildi.

Terexovning so‘zlariga ko‘ra, ruslar faqat bir marta shaharning kichik bir qismini egallashga muvaffaq bo‘lgan, ammo u yerda uzoq vaqt qolmagan.

“Ruslar Xarkovni doimiy ravishda o‘qqa tutdi, chunki ular shaharga juda yaqin edi. Biroq, Xarkov hududiy mudofaasi va Ukraina Qurolli kuchlarining sa’y-harakatlari tufayli ruslar shahar hududidan uzoqqa, Rossiya chegarasi yo‘nalishi bo‘yicha chekindi”, deydi Terexov.

Uning ta’kidlashicha, hozir shahar tinch, odamlar asta-sekin ortga qaytmoqda. Rossiya tajovuzi natijasida ko‘plab turar-joy binolari vayron bo‘lgan yoki zaralangan, shuning uchun kelajakda ulkan rekonstruksiya ishlari olib borilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2466

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing