Ruslar go‘shtni yetarlicha iste’mol qilishni to‘xtatdi

Bu qiziq

image

Pandemiya davrida daromadlarning pasayishi Rossiya aholisini iste’molchilar imkoniyatlari zinapoyasidan bir pog‘ona pastga qadam tashlashga majbur qildi. 2020 yil oxirida mamlakatda mol go‘shti iste’moli 3,4 foizga kamaydi va so‘nggi 10 yil ichida minimal darajaga tushib ketdi.    

Milliy go‘sht assotsiatsiyasi rahbari Sergey Yushin COVID-19  cheklovlari sabab iste’molchilar oqsillarning arzon turlarini, shu jumladan parranda va cho‘chqa go‘shtini tanlaganlarini ta’kidlagan.

Rossiyada 2 million odamni ishsiz qoldirgan iqtisodiy inqiroz, oziq-ovqat narxlarining 5 yillik rekord darajasida ko‘tarilishi Rossiya iste’molchilarining oilaviy byudjetlariga ikki baravar zarba berdi.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, ruslarning doimiy daromadlari 3,5 foizga kamaygan va 10 yil oldingi holatga qaytgan.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, birinchi chorakda 146 million Rossiya fuqarosi oyiga o‘rtacha 31,2 ming rubl, ikkinchi chorakda 32,8 ming rubl, uchinchisida 35 ming rublga  yashagan. Amaldagi valyuta kursi bo‘yicha bu kuniga taxminan 14 dollarni tashkil etadi.

Inqiroz sharoitida kambag‘allar soni 1,2 million fuqaroga ko‘paygan. Hamda uchinchi chorak oxiriga kelib aholining 12,8 foizini ya’ni 18,8 million kishini kambag‘allar tashkil qilgan.

Agar so‘nggi 7 yil ichida ish haqi deyarli 17 ming rublga oshgan bo‘lsa, demak buni dollar bilan hisoblaganda mehnatga yaroqli aholining daromadi 27 foizga kamaygan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing