Ruslan Mirzayev SHHTda muhim lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2021 9352 1 daqiqa
Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Davlat rahbarlari kengashi Ruslan Mirzayev nomzodini SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Ruslan Mirzayev o‘z vazifasini bajarishga 2022 yil 1 yanvardan kirishadi.
Ma’lumot uchun, Ruslan Mirzayev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi hisoblanadi.
Live
Barchasi