Rus armiyasida o‘q-dori tugamoqda – AQSH Mudofaa vaziri

Olam

image

Rossiya armiyasida o‘q-dori tugab bormoqda va rus askarlari janglarda katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bugun, 20 yanvar kuni AQSHning Germaniyadagi Ramshteyn harbiy bazasida o‘tkazilgan Ukrainaga navbatdagi mudofaa paketini taqdim etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “fojiali va keraksiz” harbiy bosqinni texnik jihatdan ta’minlash uchun bir qator sheriklariga tayanishiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, Eron va Shimoliy Koreya Rossiyaning shunday hamkorlaridandir. Ammo mazkur ikki davlat hanuz Rossiyaga harbiy ta’minot yetkazib berganini tan olmagan.

Eron hukumati avvalroq Kiyev va AQSH razvedkasining Rossiya o‘z hujumlarida Eronda ishlab chiqarilgan kamikadze dronlaridan foydalanayotgani haqidagi da’volarni rad etgan edi. Tehrondagi rahbariyat Rossiyaga dronlar yetkazib berish bilan bog‘liq holat “sodir bo‘lmagan va bo‘lmasligini” aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Shimoliy Koreyani ham Rossiyaga Ukraina urushi uchun artilleriya snaryadlarini yashirin ravishda yetkazib berganlikda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing