Rubl kursi 200 so‘mga yaqinlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 25 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Dollarning rasmiy kursi 11,92 so‘mga arzonlab,  11 063,01 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham pastladi. Xususan, 1 yevro qiymati 53,71 so‘mga kamayib, 11 809,76 so‘m etib belgilandi.

Rubl kursi esa so‘mga nisbatan mustahkamlanishda davom etyapti. Mazkur valyutaning rasmiy kursi 2,57 so‘mga oshib, 197,47 so‘mni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

826

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing