Ruhoniy Sochiga boradi

Jamiyat

image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy 14 avgust kuni Sochida Rossiya, Eron va Ozarbayjonning uch tomonlama sammitida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda “EurAsia Daily”. 

Rossiya, Eron va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Ilhom Aliyev iqtisodiyotning turli sohalarida, shuningdek, mintaqaviy aloqalarda uch tomonlama hamkorlikning barcha jihatlarini muhokama qiladi. 

Uch davlat rahbarlari sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot beradi. Eron prezidenti Sochi sammiti doirasida rossiyalik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha alohida uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Birinchi Rossiya-Eron-Ozarbayjon sammiti 2016 yil avgust oyida Bokuda bo‘lib o‘tgandi. Ikkinchisi 2017 yil noyabr oyida Tehronda o‘tkazilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing